Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Abduqodir Husanov sharafiga “AK45” nomli energetik ichimlik ishlab chiqarildimi?

A A A
Abduqodir Husanov sharafiga “AK45” nomli energetik ichimlik ishlab chiqarildimi?

“Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov sharafiga “AK45” nomli energetik ichimlik ishlab chiqarilmoqda. Ushbu brend nomi futbolchining ismi va formasidagi raqamga mos keladi.

Husanovning ushbu brend bilan bog‘liqlik darajasi hozircha noma’lum. Biroq futbolchining Instagramdagi rasmiy akkaunti @ak45sila sahifasiga obuna bo‘lgan.

Ichimlikning ilk namunasi Husanovning to‘y marosimida taqdim etilgan.

Husanov “Manchester Siti” safida so‘nggi marta 30 mart kuni “Brayton”ga qarshi o‘yinda maydonga tushgan. Shundan so‘ng 11 o‘yinning yarmida zahirada, yarmida esa tarkibda bo‘lmagan. Ayni damda u milliy terma jamoa bilan mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 12:35 30.05.2025. O'qildi: 3541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!