Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Kreml milliardlab topmoqda, Yevropa esa milliardlab sarflamoqda

Kreml milliardlab topmoqda, Yevropa esa milliardlab sarflamoqda

Rossiya Yevropaning Ukrainaga sarflaydiganidan ko‘proq daromad oladi.

2025 yilda Rossiya energiya eksportidan 233 milliard yevrodan ortiq daromad olishi kutilmoqda. Bu Yevropa Ittifoqining Ukrainaga ko‘rsatayotgan umumiy harbiy yordamidan ham ko‘pdir.

Bu haqda Germaniyaning "Bild" gazetasi xabar bermoqda.

Nashrning hisob-kitoblariga ko‘ra, Moskva faqatgina Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yetkazib berishdan 20 milliard yevrodan ortiq mablag‘ oladi. Fevral oyida Rossiya neft, gaz, ko‘mir va uran yetkazib berish evaziga "uchinchi davlatlar"dan taxminan 640 million yevro oldi. Asosiy importchilar Xitoy, Hindiston va Turkiya bo‘lib, ular Rossiyaning butun energiya eksportining deyarli uchdan ikki qismini o‘zlashtirmoqda.

Tahlilchilarning fikricha, bunday daromadlar Kremlga sanksiyalarga qaramay, mudofaa sanoatini barqaror moliyalashtirish imkonini bermoqda.

Avvalroq Yevrostat ma’lum qilganidek, 2025 yilning yanvaridan martigacha Rossiya gazining Yevropa Ittifoqiga eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28 foizga oshgan.

Kiritildi: 21:22 27.05.2025. O'qildi: 3738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!