Bu haqda Jerusalem Post xabar berdi.
Qo‘shma Shtatlar Mudofaa vazirligi logistika operasiyasi doirasida bir sutka ichida Isroilga 6500 tonna harbiy yuk yetkazganini ma’lum qildi. Ikkita yirik yuk kemasi Ashdod va Hayfa portlariga minglab aviasiya va quruqlikdagi qo‘shinlar uchun mo‘ljallangan o‘q-dorilar, harbiy yuk mashinalari hamda taktik transport vositalarini yetkazib bergan. Eron bilan urush boshlanganidan buyon Isroil jami 115 600 tonna harbiy texnika qabul qilib olgan.
Isroil Mudofaa vaziri Israel Kasning ta’kidlashicha, ushbu havo va dengiz ko‘prigi armiyaning jangovar shayligini hamda barcha frontlardagi ustunligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustahkamlaydi.
Rasmiylarga ko‘ra, yaqin haftalarda harbiy ta’minot ko‘lami yanada kengaytiriladi.