Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh 20 aprelgacha Rossiya va Ukraina o‘rtasida keng qamrovli sulhga umid qilmoqda

AQSh 20 aprelgacha Rossiya va Ukraina o‘rtasida keng qamrovli sulhga umid qilmoqda

Vashington hanuzgacha har ikki tomon har kuni o‘zaro hujumlarni davom ettirayotganiga qaramay, Rossiya va Ukraina urushida keng ko‘lamli sulhga erishish mumkinligiga umid bilan qaramoqda. Bloomberg nashrining yozishicha, barcha “belgilar” Kreml sulh kelishuviga erishishga shoshilmayotganidan dalolat beradi.

"Biz o‘t ochishni to‘xtatish va mustahkam tinchlik yo‘lida ishlayapmiz. Muzokaralar shartlari yoki muddatlarini OAV orqali muhokama qilmaymiz", —deya ta’kidladi Oq uy vakili Brayn Xyuz.

Manbalarga ko‘ra, AQSh 20 aprel – Pasxa bayramigacha sulh bo‘yicha kelishuvga erishishga intilayapti. Biroq tomonlar pozisiyalaridagi katta farq tufayli bu muddat kechiktirilishi mumkin.

Shu bilan birga, Oq uy hozircha Kiyevga qurol yetkazib berish bo‘yicha cheklovlarga rozi bo‘lgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, 24 mart kuni Saudiya Arabistonida AQSH, Rossiya va Ukraina vakillari ishtirokida muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 21:57 23.03.2025. O'qildi: 878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!