Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh 1979 yildan beri ilk bor Eronga zarba berdi: nishonlar — Fordo, Natanz va Isfahon yadro ob’ektlari

AQSh 1979 yildan beri ilk bor Eronga zarba berdi: nishonlar — Fordo, Natanz va Isfahon yadro ob’ektlari

Eng katta zarar Fordo yadro majmuasiga yetdi. B-2 Spirit bombardimonchilari 5–6 dona og‘ir GBU-57A/B bunkerbuzar bombalarni tashladi. Har bir bomba taxminan 13,6 tonna og‘irlikda bo‘lib, ichida 2,5 tonnali kuchli portlovchi modda mavjud. Bu bombalar yer ostidagi mustahkam inshootlarni yo‘q qilish uchun ishlab chiqilgan. Donald Tramp uran sentrifugalari to‘liq yo‘q qilinganini ma’lum qilib, operasiyani “AQSH, Isroil va butun dunyo uchun tarixiy lahza” deb atadi. Oq Uy hujum paytidagi vaziyat xonasidan olingan suratlarni e’lon qildi.

🇮🇷 Eron hujumlar bo‘lganini tasdiqladi, shuningdek, xodimlar evakuasiya qilinganini va zarar tan olinadigan darajada emasligini bildirdi. Tehron yadro dasturini davom ettirishini e’lon qildi va AQShni xalqaro huquqni buzganlikda ayblab, “qaytib bo‘lmas oqibatlar” bilan tahdid qildi.

🇮🇱 Isroil xavfsizlik choralari kuchaytirildi, havo makoni yopildi. Bosh vazir Netanyaxu Trampga minnatdorlik bildirdi.

🇾🇪 Shu orada Yaman AQSh va Isroilga urush e’lon qilib, Qizil dengizdagi amerikalik kemalarga hujum qilishini ma’lum qildi. Tramp Eronni tinchlikka chaqirdi, biroq yangi zarbalar bilan tahdid qildi. AQShda siyosiy baxs avj oldi: respublikachilar operasiyani qo‘llab-quvvatladi, demokratlar esa Kongressni chetlab o‘tganlik uchun tanqid qildi.

Kiritildi: 13:42 22.06.2025. O'qildi: 893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!