Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh 1 avgustdan boshlab savdo muzokaralarida natijaga erishilmayotgan davlatlar uchun boj to‘lovlarini qayta joriy etishni rejalashtirmoqda

AQSh 1 avgustdan boshlab savdo muzokaralarida natijaga erishilmayotgan davlatlar uchun boj to‘lovlarini qayta joriy etishni rejalashtirmoqda

Bu haqda Qo‘shma Shtatlar moliya vaziri Skott Bescent ma’lum qildi.

U Trampning turli mamlakatlarga rasmiy xatlar yuborishni rejalashtirayotganini bildirdi. Bescentga ko‘ra, gap AQSh bilan ijobiy savdo aloqalari bo‘lmagan taxminan yuzta davlat haqida ketmoqda.

"Ushbu xatlarda agar muzokaralarda siljish bo‘lmasa, 1 avgustdan boshlab 2 aprelda e’lon qilingan boj stavkalari darajasi qayta tiklanishi yoziladi", — deya izoh berdi vazir.

Shu bilan birga, Bescent ba’zi davlatlar bilan muzokaralar yakuniga yaqinlashilayotganini ta’kidladi. "Biz bir nechta kelishuvlarga yaqin turibmiz. Yaqin kunlarda bir qator yirik shartnomalar to‘g‘risida e’lon qilinishi kutilmoqda", — deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 22:55 06.07.2025. O'qildi: 390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!