Angliya Premyer-ligasining 32-turidan o‘rin olgan «Nyukasl» va «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bellashuv Nyukasl-apon-Tayn shahrida joylashgan «Sent-Djeyms Park» stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda maydon egalari 4:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishishdi.
24-daqiqada italiyalik yarim himoyachi Sandro Tonali hisobni ochdi. 37-daqiqada «MYu» vingeri Alexandro Garnacho hisobni tenglashtirdi.
49-daqiqada «Nyukasl» yarim himoyachisi Xarvi Barns jamoasiga ustunlikni qaytardi. 64-daqiqada u dublini rasmiylashtirdi. 77-daqiqada «Nyukasl»ning himoyaviy yarim himoyachisi Brunu Gimarayns hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi — 4:1.
«Manchester Yunayted» darvozasini bugun Altay Bayindir qo‘riqladi.
Ushbu g‘alaba «Nyukasl» jamoasiga ochkolar sonini 56 taga yetkazib, Angliya chempionati jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilish imkonini berdi. «Manchester Yunayted» esa 38 ochko bilan 14-o‘rinda qoldi.
Angliya Premyer-ligasi. 32-tur
2025 yil 13 aprel, yakshanba. 20:30
Nyukasl Yunayted — Manchester Yunayted — 4:1
Gollar:
1:0 — Tonali, 24'
1:1 — Garnacho, 37'
2:1 — Barns, 49'
3:1 — Barns, 64'
4:1 — Gimarayns, 77'