Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

APL. "Manchester Siti" mehmonda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Peshqadam bilan farq 3 ochkogacha qisqardi

APL. "Manchester Siti" mehmonda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Peshqadam bilan farq 3 ochkogacha qisqardi

"Manchester Siti" APL 7-turida "Brentford" mehmoni bo‘ldi - 1:0.

Yagona gol 9-daqiqada mehmonlar forvardi Erling Xoland hisobiga yozildi. Hujumchi Norvegiya terma jamoasi o‘yinlarini hisobga olgan holda ketma-ket to‘qqizinchi o‘yinda gol urdi, bu uchrashuvlarda uning hisobida 16 ta gol bor.

"Manchester Siti" 13 ochko bilan APL turnir jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi. "Brentford" 7 ochko bilan 16-pog‘onada bormoqda.

Keyingi turda "Manchester Siti" o‘z maydonida "Everton"ga qarshi bahs olib borsa, "Brentford" safarda "Vest Xem" bilan kuch sinashadi.

APL, 7-tur

05.10.2025, yakshanba, 20:30

Brentford - Manchester Siti

Gol: Xoland, 9 (0:1)

Brentford: Kellexer, van der Berg, Ayer (Fabiu Karvalyu, 90+2), Kollinz, Xiki, Kayode, Xenderson (Onyeka, 73), Damsgor (Yensen, 68), Yarmolyuk (Yanelt, 73), Shade, Tiago (Uattara, 68)

Manchester Siti: Donnarumma, Ruben Diash, Gvardiol, ORayli, Mateus Nunes, Rodri (Gonsales, 22), Reynders (Bernardu Silva, 77), Foden, Savio, Bobb (Doku, 77), Xoland

Ogohlantirishlar: Shade, 45. Xenderson, 70. Uattara, 84 - Mateus Nunes, 77. ORayli, 83

Kiritildi: 23:03 05.10.2025. O'qildi: 875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!