Anthropic'dan bir hafta ichida ikkita mutaxassis bo‘shab ketdi. Ulardan biri — Jo Bentonga ko‘ra, insoniyat SI sohasidagi poygaga dosh bera olmasligi mumkin.
U bozor o‘yinchilari xavfsizlik bilan bog‘liq insidentlarni sir tutayotgani, shuning uchun u "sun’iy intellektlashtirish" oqibatlarini baholovchi startaplardan biriga qo‘shilmoqchi ekanini aytgan.
Avvalroq, ya’ni 9 sentyabrda Anthropic'dan ketgan Jeykob Kokson esa ehtiyot choralari ko‘rilmasa, SI sababli "insoniyatning yer yuzidan qirilishi" xavfi borligini ta’kidlagan.
Shuningdek, Claude mualliflari yaqinda e’lon qilingan hisobotda SI yaqin 4 yil ichida dunyo iqtisodiyotini 2 barobar oshirishi yoki millionlab oq yoqalilarni qashshoqlikka mahkum etishini prognoz qilgan.