Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

“ANOR BANK” AJga reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llanildi

“ANOR BANK” AJga reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llanildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati asosida “ANOR BANK” AJ tomonidan Instagram ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirilgan reklama axboroti o‘rganildi.

Xususan, mazkur murojaatda bank tomonidan aksiya doirasida e’lon qilingan axborotlarda aksiya shartlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berilmaganligiga e’tiroz bildirilgan.

O‘rganishlarda reklamada moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda shartnomaning muhim shartlaridan biri — aksiyaning amal qilish shartlari, unga qo‘llanilgan limit hamda limitdan oshgan hollarda komissiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud emasligi aniqlandi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 16, 21 va 43-moddalari talablari buzilishi alomatlari yuzasidan “ANOR BANK” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Kiritildi: 10:07 09.07.2026. O'qildi: 1344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!