Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Samarqandda YPX xodimi xizmat mashinasida urib yuborgan ayol halok bo‘ldi

Samarqandda YPX xodimi xizmat mashinasida urib yuborgan ayol halok bo‘ldi

Samarqand shahrida yo‘l-patrul xizmati xodimi xizmat avtomobilida fuqaroni urib yubordi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.

Hodisa 21 iyul kuni soat 18:15 atrofida Shabbod ko‘chasida sodir bo‘lgan. YPX xodimi o‘ziga biriktirilgan Tracker patrul avtomobilini boshqarib ketayotib, belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 75 yoshli S.A.ni urib yuborgan.

Hodisa oqibatida ayol olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

Tarmoqlarda tarqalgan hodisa joyidan olingan suratlarda avtomobilning old qismi jiddiy shikastlanganini ko‘rish mumkin.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalaridan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:12 22.07.2026. O'qildi: 1708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!