Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Annalena Berbok Navalniy ishtirokidagi almashinuv jarayonini olti oy davomida to‘sib kelgan

Annalena Berbok Navalniy ishtirokidagi almashinuv jarayonini olti oy davomida to‘sib kelgan

Bu haqda Der Spiegel ma’lum qildi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada qamalgan muxolifatchi Navalniyni Germaniyada chechenistonlikni otib o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan qotil Vadim Krasikovga almashtirish g‘oyasi ilk bor 2022 yil yozida paydo bo‘lgan. Bu jarayonga AQSh ham qo‘shilgan, Vashington Rossiya qamoqxonalaridan bir nechta amerikalikni ozod qilishni xohlagan. Almashinuv jarayonini tayyorlashda Hillari Klinton, Roman Abramovich va AQShning sobiq davlat kotibi Jon Kerri ham ishtirok etgan.

2023 yil aprel oyida Navalniyning tarafdorlari Berlinda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan uchrashgan, ammo u rus muxolifatchisini Krasikovga almashtirish rejasiga shubha bilan qaragan. U xalqaro huquqqa ishora qilib, qotilni ozod qilish Yevropa uchun yangi siyosiy qotilliklarga yo‘l ochishidan xavotir bildirgan. 2023 yil yozida, garchi Olaf Shols ham ushbu jarayonni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, Berbok o‘z pozisiyasida qat’iy turishda davom etgan, deb yozadi Der Spiegel.

Nashr kuzning oxiriga kelibgina Germaniya kansleri tashqi ishlar vazirini ishontirishga muvaffaq bo‘lganini yozadi. Qayd etilishicha, Berlin va Vashington Krasikov va G‘arb qamoqxonalarida turli jinoyatlari uchun jazo muddatlarini o‘tayotgan bir necha rossiyalik maxsus agentlarni The Wall Street Journal jurnalisti Evan Gershkovich, AQSh dengiz pexotasi askari Pol Uilan va rus muxolifatchisi Navalniyga almashtirishga kelishib olgan. Biroq 2024 yil fevral oyida Navalniy qamoqxonada vafot etgan va avgust oyidagi almashinuv jarayoni usiz amalga oshirilgan.

Kiritildi: 12:28 17.02.2025. O'qildi: 1304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!