Joriy yilning 26-aprel kuni soat 23:10 larda, “A-373” avtomobil yo‘lining 93 chi kilometrida “NOWO” rusumli yuk mashinasi haydovchisi (1995 y.t) R.N. harakat vaqtida boshqaruvini yo‘qotib, shu yo‘nalishdagi 4 ta transort vositalari bilan to‘qnashib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Hodisa natijasida, “Sobalt” avtomashinasida bo‘lgan haydovchi I.X. (1975 y.t.) hamda yo‘lovchi Z.T. (1986 y.t.) 2 nafar fuqarolar voqea joyida vafot etganlar.
Qolgan transport vositalarida bo‘lgan 4 nafar fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.
Hozirda holat yuzasidan, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib “NOWO” yuk mashinasi haydovchisi R.N. prosessual tartibda ushlangan. U hodisada tan jarohati olmagan.
❗️Shu o‘rinda barcha haydovchilarni yana bir bor ogohlikka chaqiramiz!
Har qanday transport vositasini, ruhan yoki jismonan charchoq holatida boshqarmang. Tezlik me’yori va yo‘l belgilariga o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun qat’iy rioya qiling!