Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Angliyada eng ko‘p oylik oladigan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi

Angliyada eng ko‘p oylik oladigan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi

L’Equipe jurnalistlari Angliya Premyer-ligasining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari haqida material e’lon qildi. Dastlabki ikki o‘rinda "Manchester Siti" vakillari joylashganiga ajablanmasa ham bo‘ladi.

APL futbolchilari orasida eng yuqori maosh Erling Xolandga tegishli - oyiga 2,57 million yevro. Ikkinchi o‘rinda 2,06 million yevro oylik maosh bilan Kevin de Bryuyne bormoqda.

Uchinchi pog‘onani "Manchester Yunayted"dan Kazemiro va "Liverpul"dan Muhammad Saloh bo‘lishib turibdi. Ular har oy 1,88 million yevro maosh olishadi.

Kuchli beshlikni "Aston Villa" futbolchisi Markus Reshford va "Arsenal" futbolchisi Rahim Sterling yakunlab berdi.

Materialda soliq to‘lashdan oldingi maoshlar ko‘rsatilgan.

Kiritildi: 13:25 27.03.2025. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!