Bugun 25 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Husanov haqida gapirdi

Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Husanov haqida gapirdi

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Dion Dablin "Manchester Siti"da o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovga qanday baho berilayotgani haqida so‘zlab berdi.

"U nimadir noto‘g‘ri ketganida yordamga keladigan o‘yinchi – doim e’tibor markazida! Ba’zida omad kelmayotgan bo‘lsa-da, yomon futbolchi emas. "Manchester Siti" vakillari va klubga yaqin odamlar bilan suhbatlashganda, ular uni tajovuzkor, to‘pni yaxshi boshqaradigan, tez harakat qiladigan o‘yinchi sifatida ta’riflashmoqda. Uning ko‘plab afzalliklari bor", – dedi sobiq futbolchi.

Dablin "Manchester Yunayted", "Koventri" va "Aston Villa" jamoalaridagi o‘yinlari bilan nom qozongan. U Angliya Premyer-ligasida 312 ta o‘yin o‘tkazib, 111 ta gol urgan.

Kiritildi: 14:16 21.03.2025. O'qildi: 957 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!