Shotlandiya Buyuk Britaniya hukumatining ingliz yakka solodli viskisiga himoyalangan geografik ko‘rsatkich maqomini berish to‘g‘risidagi qaroridan noroziligini bildirdi.
Mahalliy shotland viski ishlab chiqaruvchilari vaziyatni Britaniya hukumati amaldorlari bilan muhokama qilish niyatida.
Shotlandiya, Uels va Irlandiya viskilariga o‘xshash maqom o‘tgan hafta ingliz viskisiga berildi.
Glenmorangie, Johnnie Walker va Diageo kabi taxminan 90 ta kompaniyani ifodalovchi Shotland Viski Assosiasiyasi (SWA) ingliz viskisi uchun kamroq qat’iy talablar belgilangan deb hisoblaydi. Xususan, ingliz yakka solodli viskisini ishlab chiqarishda ma’lum bosqichlar asosiy distillash zavodidan tashqarida amalga oshirilishi mumkin. Biroq, Shotland yakka solodli viskisini ishlab chiqarish qoidalarida ezish, fermentasiya va distillash Shotlandiyadagi bitta distillash zavodida amalga oshirilishi kerakligi belgilangan.
Gazeta bu nizoni London va Edinburg o‘rtasidagi "viski urushi" deb atadi. Gazetaning ta’kidlashicha, bu Britaniya hukumati va Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya o‘rtasidagi siyosiy kelishmovchiliklar davom etayotgan bir paytda avj oldi, ular dushanba kuni o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Hujjatda mintaqalarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi mustahkamlangan. Buyuk Britaniya Bosh vaziri Endi Bernemning idorasi mamlakatdan chiqib ketish bo‘yicha referendumlar o‘tkazish imkoniyatini rad etdi.