Merkel “Xristian-demokratik ittifoqi” (XDI) partiyasidan kanslerlikka nomzod Fridrix Mersning o‘ta o‘ngchi “Germaniya uchun muqobil” (AfD) partiyasi bilan migrantlarga qarshi choralar to‘g‘risidagi hujjatga ovoz berganini tanqid qildi.
Germaniyaning sobiq kansleri bu haqda o‘zining rasmiy saytida bayonot berdi.
"Menimcha, bu noto‘g‘ri harakat. Ilk bor o‘ta o‘ngchi “Germaniya uchun muqobil” ovozlari bilan ko‘pchilikni shakllantirishga yo‘l qo‘yildi. Buning o‘rniga, barcha demokratik partiyalar o‘zaro chegara va kelishmovchiliklarni yengib o‘tib birgalikda ishlashlari kerak. Bu taktik hiyla sifatida emas, balki halol, mo‘’tadil tonda va amaldagi Yevropa qonunchiligiga asoslangan bo‘lishi lozim", — deya fikr bildirdi Merkel.