Andrey Shevchenkoning ishonchi komilki, "Chelsi"ni sotishdan tushgan pullar Ukraina mojarosida jabr ko‘rganlarga o‘tkazilishi kerak.
Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Roman Abramovichga 2,34 mlrd funt sterlingni Ukrainaga o‘tkazishga ruxsat bermasa, sud bilan tahdid qilgandi.
"Abramovich bilan hech qanday munosabatim yo‘q. Men bu haqda gazetada o‘qiganman, lekin voqealar rivojini kuzatmaganman.
Bu uning o‘zi va hukumat o‘rtasidagi ish, ammo u [Ukraina mojarosida jabrlanganlarga] pul to‘lashi kerakligi aniq," - dedi "Chelsi"da o‘ynagan UFA prezidenti Dagens Nyheter nashriga bergan intervyusida.