Bo‘ston tumanida istiqomat qiluvchi M.N. ismli fuqaro fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudi qaroriga asosan, 2015 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lash majburiyatini olgan.
U qarzdor sifatida aliment to‘lovlarini muntazam ravishda amalga oshirib kelgan. Biroq, so‘nggi paytda shaxsiy sabablarga ko‘ra xorijga chiqish zarurati tug‘ilgani bois, farzandini kelgusida ham moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida aliment o‘rnida o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasini berishni taklif qildi.
Ushbu taklif undiruvchi F.I. tomonidan qabul qilingach, avtomashina rasmiy ravishda uning nomiga o‘tkazib berildi. Shu bilan ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq ta’minlandi.