Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Andijondagi sement zavodi faoliyati to‘xtatildimi?

A A A
Andijondagi sement zavodi faoliyati to‘xtatildimi?

Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani, «Imom ota» mahallasida joylashgan Recosement zavodi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar berdi viloyat Ekologiya boshqarmasi.

Qayd qilinishicha, 13 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda zavodning havoni ifloslantirayotgani haqidagi videomurojaat tarqalgan. Shunga asosan Ekologiya boshqarmasi xodimlari o‘rganish o‘tkazgan.

O‘rganish davomida hududdagi havoning sifati Ekolab uskunasi yordamida laboratoriya tahlilidan o‘tkazilgan. Uning natijalari xabarda keltirilmagan.

Ta’kidlanishicha, zavod faoliyati «sohaga oid kamchiliklar bartaraf qilingunga qadar» vaqtincha to‘xtatilgan.

Kiritildi: 22:35 15.09.2025. O'qildi: 2502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!