Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Haftasiga 5 kun ishlovchi o‘zbekistonliklar Navro‘z bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi. Bu Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2026 yilgi ish vaqti taqvimida nazarda tutilgan.

Unga ko‘ra:

20 mart — juma, Ramazon hayiti
21 mart — shanba, Navro‘z bayrami
22 mart — yakshanba
23 mart — dushanba (ko‘chirilgan dam olish kuni)

5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun 24 mart — seshanba ish kuni hisoblanadi.

6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kunlari:

20 mart — juma, Ramazon hayiti
21 mart — shanba, Navro‘z bayrami
22 mart — yakshanba

6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun 23 mart — dushanba ish kuni hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 8 mart bayrami sabab ketma-ket uch kun dam olish berilgandi.

Kiritildi: Bugun 16:07. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!