Shimoliy Atlantika alyansi a’zo davlatlar Vashingtonni Hormuz bo‘g‘ozi orqali erkin suzib yurishni ta’minlashda qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortsa, "juda yomon kelajak"ga duch keladi.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda Britaniyaning Financial Times gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
"Agar Hormuz bo‘g‘ozidagi harakatlarga qo‘shilish chaqirig‘iga javob bo‘lmasa yoki javob salbiy bo‘lsa, mening fikrimcha, bu NATO istiqbollariga juda salbiy ta’sir qiladi", dedi Oq uy rahbari.
Biroq, Tramp oldindan "ular bizni qo‘llab-quvvatlashiga ishonchi yo‘qligini" ta’kidlagan edi.
Avvalroq The Wall Street Journal gazetasi Tramp ma’muriyati kelasi haftada Hormuz bo‘g‘ozi orqali savdo kemalarini kuzatib borish uchun xalqaro koalisiya tuzishni e’lon qilish niyatida ekanligini xabar qilgan edi.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operasiya boshladi. Natijada, Oliy Rahbar Ali Xomeney va bir nechta yuqori lavozimli amaldorlar o‘ldirildi. Shundan so‘ng, Eron nafaqat Isroilda, balki AQSh va uning ittifoqchilari harbiy bazalar joylashgan mamlakatlar - Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Bahrayn, Iroq va Kiprda ham nishonlarga hujum qila boshladi.