Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Isroil va AQShga 2 tonnalik jangovar kallakli raketalarni otdi

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Isroil va AQShga 2 tonnalik jangovar kallakli raketalarni otdi

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Isroil va Qo‘shma Shtatlarga qarshi operasiyasining so‘nggi bosqichi doirasida 2 tonnalik jangovar kallakli raketalardan foydalangan.

Bu haqda Eron Islom Respublikasi davlat televideniyesi e’lon qildi.

“Haqiqiy va’da 4” operasiyasining 43-bosqichi doirasida biz AQSh dengiz flotining 5-flot bazasiga va boshqa bir qancha Amerika harbiy bazalariga, shuningdek, Isroilning Tel-Aviv va Eylat shaharlariga hujum qildik. Biz 2 tonnalik jangovar kallakli Xorramshahr raketalaridan, shuningdek, 1 tonnalik jangovar kallakli Emad va Xaybar Shekan raketalaridan foydalandik”, deyiladi bayonotda.

Kiritildi: Bugun 11:20. O'qildi: 699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!