Financial Times nashrining xabar berishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari — Emmanuel Bonn va Bertran Buxvalter fevral oyida Moskvaga Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari taklifi bilan tashrif buyurgan.
Evropaliklar Kremlni muzokaralar stoliga o‘tirishga ko‘ndirishga uringan. Biroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov bu taklifni keskin rad etgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov tashrif bo‘lganini tasdiqlab, Yevropa mamlakatlari tinchlik jarayoniga yordam bermayapti, deb ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ukrainaga mojaroni davom ettirishga undayotgani sababli xatoga yo‘l qo‘ymoqda.
Harbiy muxbir Aleksandr Kos esa bu voqeaga izoh berib, 1812 yilgi tarixiy voqealarni esladi. U Napoleon Bonapart armiyasining Moskvadan chekinishi davrida fransuzlar sovuqqa tashlangani haqidagi iborani tilga oldi va bu safar ham fransuz delegasiyasi Kremldan shunga o‘xshash sovuq munosabat olganini ta’kidladi.