Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri ma’lum qildi.
"Chunki bu unga o‘z siyosatini olg‘a surish uchun kerak. Isroil xavfsizlik ortidan emas, ko‘proq yer egallash ortidan quvmoqda. Netanyahu bu g‘oyadan voz kechmas ekan, Yaqin Sharqda doimo urush bo‘laveradi", —dedi Hoqon Fidan.
Shuningdek, Isroil mintaqada tashqi aralashuvlar orqali o‘z geosiyosiy manfaatlarini amalga oshirayotganini qo‘shimcha qildi Turkiya tashqi ishlar vaziri.
Hoqon Fidan Isroil hukumati G‘azodagi sulh kelishuvini buzishda davom etayotganini va u yerdagi gumanitar vaziyat kun sayin yomonlashayotganini aytdi.
Shuningdek, Fidanning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Netanyahu “Hizbulloh”ga qarshi kurash bahonasi bilan Livanda yangi qirg‘in sodir etishi mumkinligidan xavotirda. Uning ta’kidlashicha, xalqaro hamjamiyat Isroil tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi zudlik bilan chora ko‘rishi kerak.