Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Andijonda "yigiti"ning intim videolarini tarqatib, pul ishlamoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Andijonda "yigiti"ning intim videolarini tarqatib, pul ishlamoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

1995 yilda tug‘ilgan ayol telefonidagi fuqaroning surat va videolari evaziga $14 ming talab qilgan.

Andijon viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan tezkor profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida 1995 yilda tug‘ilgan ayol o‘ziga tegishli telefonidagi murojaat qilgan shaxsning intim surat va videolarini tarqatish bilan qo‘rqitganligi ma’lum bo‘lgan. Buning evaziga u fuqarodan 14 ming AQSh dollari talab qilgan va ushbu pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:52 30.04.2025. O'qildi: 915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!