Bugun 6 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

2700 ta mushukni o‘g‘irlab, go‘sht sifatida qayta sotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

2700 ta mushukni o‘g‘irlab, go‘sht sifatida qayta sotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Vyetnamda 2700 ta mushukni go‘sht uchun o‘g‘irlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi.

Bangkok, 5 oktyabr. — Vyetnamning Xoshimin shahrida mushuklarni o‘g‘irlab, go‘sht uchun sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi. Polisiya 12 nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Bu haqda VNExpress xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar Xoshimin shahrining turli hududlaridan mushuklarni o‘g‘irlab, keyinchalik ularni go‘sht sifatida qayta sotgan. Qo‘lga olinganlar so‘roq jarayonida taxminan 2700 ta mushukni o‘g‘irlab, sotganini tan olgan.

Huquq-tartibot idoralari jinoiy guruhga 39 yoshli Lu Txan Bin rahbarlik qilganini aniqlagan. Tergovga ko‘ra, u o‘g‘irlangan tirik mushuklarni sotib olib, ularni Xoshimin shahrining Txoy An hududidagi maxsus joyda saqlagan va keyinchalik go‘sht uchun qayta sotgan.

Bin, shuningdek, shahar chetlarida mushuk o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan bir nechta guruhlarni tashkil etish uchun sheriklar jalb qilgan yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik qilgan.

Polisiya jinoiy tarmoqni 8 iyul kuni Dong-Txan kommunasida o‘tkazilgan reyd davomida fosh qilgan. Amaliyot vaqtida 50 ta mushuk, 55 ta qopqon va ikkita tarozi musodara qilingan.

Musodara qilingan hayvonlarning 13 tasi egalariga qaytarilgan. Qolgan mushuklar esa egalarini aniqlash ishlari olib borilayotgan bir paytda HAVEPAWS hayvonlarni himoya qilish ijtimoiy markaziga topshirilgan.

Vyetnam hukumati yaqinda mushuklari yo‘qolgan fuqarolarni polisiya yoki HAVEPAWS markaziga murojaat qilib, hayvonlarini aniqlash va qaytarib olishga chaqirdi.

Vyetnam qonunchiligiga ko‘ra, it va mushuklar xususiy mulk hisoblanadi. Shu sababli ularni o‘g‘irlash Jinoyat kodeksida mol-mulkni o‘g‘irlash bilan bog‘liq jinoyat sifatida baholanishi mumkin.

Kiritildi: 23:50 05.10.2026. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!