Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi

Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi

💉Giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Andijon viloyatida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Marhamat tumani markazidagi savdo majmuasida 1991 y.t. fuqaro shartli xaridorga 900 dona “Keto coffee mix” mahsulotini 6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ushbu mahsulot Andijon shahridagi “Jahon savdo kompleksi”da joylashgan do‘kondan xarid qilinganligi ma’lum bo‘lib, tezkor tadbir davom ettirildi.

Natijada Andijon shahrida yashovchi, 1987 y.t. fuqaroga tegishli do‘kondan jami 480 dona “Keto coffee mix” mahsuloti olindi.

Ta’kidlash lozimki, ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan jami 11 kg “Keto coffee mix” mahsuloti tarkibida “sibutramin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjud bo‘lib, respublikamiz hududida uning muomalasi ta’qiqlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:42. O'qildi: 283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!