Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Andijonda Suriyadagi xalqaro terrorchilik tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Andijonda Suriyadagi xalqaro terrorchilik tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Joriy yilning may oyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida jihodchilar diniy ekstremistik oqimining yashirin jamoati faoliyati aniqlandi.

Jamoat yetakchisi Andijon shahrida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan U.A. o‘z atrofiga 12 nafar shaxslarni yig‘ib, jamoat tashkil etgan holda shahardagi turli choyxonalarda tuplanib, kelgusida Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkilotiga qo‘shilishni niyat qilishgan. Shuningdek, o‘zaro “Baytulmol” ko‘rinishida pul mablag‘lari yig‘ib, uz tarafdorlariga berib kelishganligi ma’lum bo‘lgan.

Jamoat a’zolarining xonadonlarida o‘tkazilgan tintuv tegov harakatlari davomida turli diniy ekstremistik adabiyotlar va boshqa ashyoviy dalillar olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:20 28.06.2025. O'qildi: 554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!