O‘zenergoinspeksiya tomonidan Andijon viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Buloqboshi tumanida joylashgan “A.U” MCHJga qarashli AYOQShda Ai-95 markali avtobenzin laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida realizasiya qilingan 1 265 litr avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida jarima qo‘llanildi.
Ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.