Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron raketalarini AQShning har qanday bombalariga bardosh beradigan mustahkam bunkerlar ichida yashirmoqda

 Eron raketalarini AQShning har qanday bombalariga bardosh beradigan mustahkam bunkerlar ichida yashirmoqda

Bu haqda Bild xabar berdi.

Harbiy tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, yer osti bazalari Eronning raketa arsenalini kuchli zarbalardan saqlab qolishga yordam bermoqda.

Ularning baholashicha, ko‘plab ob’ektlar tog‘lar ichida shunchalik chuqur joylashtirilganki, hatto Qo‘shma Shtatlarning eng kuchli bunkerga qarshi bombalari ham ularni yo‘q qilishni kafolatlamaydi. Bunday majmualar ichida omborlar, yig‘ish zonalari va uchirish qurilmalari bo‘lishi mumkin.

"Shunday turdagi bunkerlarni yo‘q qilishning kam sonli variantlardan biri ularning kirish qismiga zarba berib, bazalar faoliyatini vaqtincha to‘xtatish hisoblanadi. Ammo bu qanchalik samarali ekani noma’lum", deyiladi Bild maqolasida.

Kiritildi: Bugun 12:12. O'qildi: 697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!