Bu haqda Reuters xabar berdi.
Pokistonda Eron bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunida uch mamlakat vakillari mazkur suv yo‘lini ochish bo‘yicha yangi rejani ilgari surdi.
Agentlik manbalariga ko‘ra, Suvaysh kanalidagi kabi to‘lov tizimini joriy etish va neft oqimlarini boshqarish uchun Turkiya, Misr hamda Saudiya Arabistoni ishtirokida konsorsium tuzish taklif etildi.
Ushbu tashabbus Qo‘shma Shtatlar va Eron bilan muhokama qilingan bo‘lib, Pokiston armiyasi bosh qo‘mondoni AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Biroq, Tehron bu g‘oyalarni qanchalik qo‘llab-quvvatlashi hozircha noma’lum. Eron parlamentining milliy xavfsizlik qo‘mitasi a’zosi Alouddin Borujerdiyning ta’kidlashicha, yangi qonunga muvofiq, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kemalarning o‘tishi pullik asosda amalga oshiriladi.