Uch frontdagi (Hamas bilan urush, “Hizbulloh” bilan to‘qnashuvlar, Eron bilan qarama-qarshilik) harbiy harakatlar Isroil iqtisodiyotiga rekord darajada zarba bergan.
Mamlakat Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, G‘azo bilan bog‘liq mojaro boshlanganidan beri to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qotishlar 57 mlrd dollarga yetgan.
Vaziyat Eron va Livan bilan keskinlikning kuchayishi fonida yanada murakkablashayotgani aytilgan. Harbiy xarajatlar keskin oshib, davlat qarzi YAIMning qariyb 70 foiziga yaqinlashgan. Shu bilan birga, mamlakat eksport hajmlari pasayishda davom etayotgani ma’lum qilingan.