Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentda o‘ziga nisbatan shilqimlikka qarshilik ko‘rsatgan qiz jarimaga tortildi

Toshkentda o‘ziga nisbatan shilqimlikka qarshilik ko‘rsatgan qiz jarimaga tortildi

Hodisa 6 mart kuni Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan. Sud ma’lumotlariga ko‘ra, 35 yoshli «Matiz» haydovchisi 20 yoshli qizga nisbatan haqoratli tarzda murojaat qilib, uning qo‘lidan ushlagan va shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etgan.

​Bunga javoban qiz baland ovozda baqirib, haqoratli so‘zlar ishlatgan. Sud qarori bilan erkakka shilqimlik qilgani uchun 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Qizning o‘zi esa «jamoat tartibini buzganligi» uchun 1,2 million so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

Kiritildi: 21:35 25.03.2026. O'qildi: 546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!