AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shahzoda uni ikkinchi prezidentlik muddati boshlanishidan oldin jiddiy qabul qilmagan.
«U menga qarab shunday dedi: “Ajablanarli, bir yil oldin sizlar halokat yoqasidagi davlat edinglar, hozir esa dunyodagi eng xavfli davlatga aylandinglar”. U bu voqealar ro‘y berishini kutmagan edi», — dedi Tramp ular o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuvni eslar ekan.
Shundan so‘ng, Tramp Ar-Riyod Vashington bilan muloqot uslubini o‘zgartirishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
«U mening ketimni o‘pishga majbur bo‘lishini o‘ylamagan edi. Rostdan ham o‘ylamagan. U meni oddiy navbatdagi omadsiz prezident deb hisoblagan», — dedi u.
Trampning aytishicha, endi Saudiya Arabistoni unga nisbatan «odobli» bo‘lishga majbur bo‘ladi.
Avvalroq The New York Times nashri Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Trampni Eronga qarshi harbiy operasiyani to‘xtatmaslikka ko‘ndirishga urinayotgani haqida yozgan edi. Manbalarga ko‘ra, shahzoda o‘tgan haftadagi bir nechta muloqotlarda AQSh prezidentidan harbiy kampaniyani davom ettirishni talab qilib, bu Yaqin Sharqni qayta shakllantirish imkonini berishi mumkinligini ta’kidlagan.
Shuningdek, Saudiya shahzodasi Eron Fors ko‘rfazi mamlakatlari uchun uzoq muddatli tahdid bo‘lib qolayotganini ham qayd etgan.