O‘zbekistonda go‘sht narxi so‘nggi vaqtlarda sezilarli qimmatlashdi.
📊 Ma’lumotlarga ko‘ra, ulgurji narx bir oyda 8% gacha oshgan. Toshkentda mol go‘shti 75–108 ming so‘m atrofida, chakanada esa suyakciz go‘sht 200 ming so‘mga yaqinlashmoqda.
Qo‘y go‘shti ham 85–110 ming so‘m oralig‘ida sotilmoqda, import go‘shti narxi ham oshgan.
Mutaxassislarga ko‘ra, narx oshishiga Rossiyadagi kasalliklar, Qozog‘istonning cheklovlari va importga qaramlik ta’sir qilmoqda.
Shu bilan birga, davlat tomonidan ozuqa bazasini kengaytirish va chorvachilikni rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda.