Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya neft tashuvchi tankeri Kubaga yaqinlashdi

Rossiya neft tashuvchi tankeri Kubaga yaqinlashdi

AQSh Kubaga nisbatan “energiya qamali”ga qaramay, Rossiya neft tashuvchi tankerining Kubaga yaqinlashishiga ruxsat berdi.

Bu haqdaThe New York Times xabar berdi.

"Bortida 730 ming barrel xom neft bo‘lgan “Anatoliy Kolodkin” tankeri Qo‘shma Shtatlarning “energiya qamali”dan aziyat chekayotgan Kuba hududiy suvlariga yaqinlashdi. 9 mart kuni Rossiyaning Primorsk portidan yo‘lga chiqqan kema Kuba poytaxti Gavanaga yaqin joylashgan Matansas portiga dushanba kuni kechqurun yoki seshanba tongida yetib borishi kutilmoqda", deya xabar bermoqda gazeta.

Bu so‘nggi uch oy ichida Kubaga yetib borgan ilk neft tankeri bo‘ladi. Undagi neft Kubaga bir necha hafta, ehtimol bir oygacha yetishi mumkin. Avvalroq AQSh Venesuela va Meksikani orolga energiya resurslari yetkazib berishni to‘xtatishga majbur qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 12:50. O'qildi: 702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!