Uch farzand uchun aliment to‘lamay yurgan ota qarzini “Lacetti” bilan yopdi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘z tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan SH.O. uch nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun M.Q. foydasiga aliment to‘lashi kerak edi.
Biroq, u belgilangan majburiyatlarni bajarmay, qarzdorlik 139 mln so‘mdan oshgan.
Ogohlantirishlarga qaramay qarz to‘lanmagani sababli, qarzdorga nisbatan javobgarlik masalasini hal etish uchun ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Ulug‘nor tuman sudiga yuborilgan.
Sud jarayonida qarzdor aliment qarzi o‘rniga o‘zining “Lacetti” rusumli avtomashinasini berishini taklif qildi. Undiruvchi M.Q. 139 mln so‘m aliment qarzlari o‘rniga ushbu mashinani qabul qilishga rozilik bildirdi.
Natijada, aliment qarzi to‘liq qoplandi, qarzdor javobgarlikdan ozod etildi.