Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Andijonda "Neksiya-2" va "Labo" to‘qnashdi

Andijonda "Neksiya-2" va "Labo" to‘qnashdi

2025 yil 03 fevral kuni soat 10:40larda, Andijon tumani “Qurama” MFY hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 437 km.da, 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi M.D. o‘zining “Neksiya-2” rusumli avtomashinasida harakatlanib ketayotib, quvib o‘tish qoidasini buzishi oqibatida, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan “Labo” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Ushbu YTH oqibatida, “Labo” avtomashinasi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetidagi beton ustunga borib urilib, ag‘darilib ketgan.

Shuningdek, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida xabar kelib tushmagan, transport vositalari texnik shikastlangan.

Hozirda Andijon tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:25 03.02.2025. O'qildi: 765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!