Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Andijonda MIB yordamida 2 yoshli qizaloq onasi bag‘riga qaytarildi

Andijonda MIB yordamida 2 yoshli qizaloq onasi bag‘riga qaytarildi

Har bir bola uchun eng aziz maskan – bu ona bag‘ridir. Ana shunday bir taqdirli masalada adolat ustuvor bo‘lib, voyaga yetmagan bola o‘z onasini tarbiyasiga qaytarildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining 01.08.2026 yildagi ijro varaqasiga asosan 2 yoshli bola javobgar R.A. dan onasi Q.D. qaramog‘iga olib berish belgilangan edi.

Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida Byuroning Xonobod shahar bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida bola ona bag‘riga qaytarib berilishi ta’minlandi.

Bu nafaqat bir ijro harakati, balki bolaning baxtli bolaligiga qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi. Ona mehri va g‘amxo‘rligida o‘sish imkoniyatiga ega bo‘lgan bola uchun yangi hayot boshlandi.

Qizaloqning onasi bilan uchrashuvi hissiyotlarga boy lahzalarga aylanib, yig‘ilganlar qalbida iliq taassurot qoldirdi.

Majburiy ijro byurosi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ayniqsa voyaga yetmaganlar manfaatini himoya qilish doimo ustuvor vazifa bo‘lib qoladi

Kiritildi: Bugun 11:20. O'qildi: 279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!