Bugun 22 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Andijonda ikki milliard so‘mlik “MAN” kredit qarzdorligi sabab sotildi

Andijonda ikki milliard so‘mlik “MAN”  kredit qarzdorligi sabab sotildi

Bo‘ston tumanlararo iqtisodiy sudining 25.12.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Mustang 888” MCHJdan “O‘zmilliybank” AJ foydasiga jami 1,4 mlrd. so‘m kredit qarzdorligini undirish belgilangan.

Byuroning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan “MAN” avtotransport vositasi ro‘yxatga olinib, xatlangan.

Belgilangan ixtiyoriy muddatlarda kredit qarzi to‘lanmaganligi sababli, “MAN” avtotransport vositasi 2,1 mlrd. so‘m boshlang‘ich qimyt bilan “e-auksion” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarilgan.

“MAN” auksion savdosida 2,2 mlrd. so‘mga sotilgan hamda sotuvdan tushgan pul mablag‘laridan tegishli qismi qarzdorlikni bartaraf etish uchun yo‘naltirildi.

Kiritildi: 18:47 19.03.2025. O'qildi: 835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!