Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Andijonda Damas 10 yoshli qizaloqni urib yubordi

Andijonda Damas 10 yoshli qizaloqni urib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berildi.

2024-yil 25-fevral kuni soat 14:30larda, Oltinko‘l tumani “Toptiq” MFY hududidan o‘tgan, D-105 (4P-112) “Farg‘ona xalqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 124-km.da, haydovchi 1999-yilda tug‘ilgan S.I. o‘zining boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, qatnov qismini belgilanmagan joyidan keskin yugurib yuborgan va buning oqibatida 2015-yilda tug‘ilgan piyoda O.N.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Ushbu YTH oqibatida piyoda, O.N. olgan tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:32 02.03.2025. O'qildi: 2236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!