Andijon shahrida 5 sentyabr kuni zapravkada gaz to‘ldirilayotgan Spark portladi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea soat taxminan 11:15 da “Andijon” MFY hududida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatlarini tezkor bartaraf etish uchun barcha zarur kuch va vositalar voqea joyiga jalb etildi. Chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqmagan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.