Bugun 27 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Andijonda 310 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini savdoga chiqarilishining oldi olindi

Andijonda 310 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini savdoga chiqarilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo‘jaobod tumani bo‘limi, bojxona va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.A.ning boshqaruvidagi “Nexia-1” rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, avtotransport vositasi saloni va yukxonasida sifati kafolatlanmagan 7 260 dona dori vositalari borligi aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida fuqaro A.A. ushbu dori vositalarini fuqaro A.S.dan olganligi aniqlanib, fuqaro A.S.ning “Sadoqat” MFY hududidagi xonadonidan umumiy bahosi 310,6 mln so‘mlik 34 turdagi 18 786 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:25. O'qildi: 218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!