Sudning ijro hujjatiga binoan qarzdor A.X.dan undiruvchi D.X.ning foydasiga 2 nafar farzandi voyaga yetgunga qadar aliment undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan aliment pullari o‘z vaqtida to‘lanmagani sabab, qarzdorlik 42 mln. so‘mdan ortib ketgan.
Shunga ko‘ra, qarzdor A.X.ga jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan 05.11.2024 yilda 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Shu bilan birga, undiruvchi foydasiga 42,4 mln. so‘m undirilishi belgilangan.
Ma’muriy qamoqdan to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota undiruvchi D.X. foydasiga to‘lanmagan 42,4 mln. so‘m aliment qarzini to‘liq to‘lab berdi.