Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Andijonda 100 gektar yerni 135 000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan mansabdor shaxslarga jazo tayinlandi

Andijonda 100 gektar yerni 135 000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan mansabdor shaxslarga jazo tayinlandi

Bu haqda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi:

“2021 yil 4 iyun kuni Andijon viloyati sudida Andijon viloyati hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direksiyasi” bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan Oybek Abdujalilov, “Universal vodiy gips” MCHJ rahbari lavozimida ishlagan Abdulhamid Usvaliyev, fuqaro Abdurahmon Usvaliyev va Andijon viloyati hokimligi Iqtisodiy taraqiyoti va kambag‘allikni qisqartirish Bosh boshqarmasi g‘aznachisi lavozimida ishlagan Umidjon Soliyevga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqdi.

Ish hujjatlari va sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, sudlanuvchi O.Abdujalilov viloyat hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direksiyasi” bosh mutaxassisi vazifasida 2019 yil 1 noyabrdan hozirgi kunga qadar ishlab kelib, viloyat hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi xo‘jalik mudiri-kassir U.Soliyev hamda Abdulhamid va Abdurahmon Usvaliyevlar bilan oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lganlari holda jabrlanuvchi I.Dadaxodjayevga Xo‘jaobod tuman hokimiyati mansabdor shaxslari orqali tuman hududidan chorvachilik fermer xo‘jaligi tashkil qilish uchun jami 100 gektar yer maydoni ajratib, hujjatlarini tayyorlab berishlari evaziga, firibgarlik yo‘li bilan uni jami 135 000 AQSh dollari miqdorida pora berishga dalolat qilib, I.Dadaxodjayevdan 2021 yil 26 mart kuni ushbu pullar hisobidan dastlab 7 000 AQSh dollarini olib, 2021 yil 29 mart kuni qolgan 128 000 AQSh dollarini Andijon shahar, Bo‘ston dahasida joylashgan “UzDongYAng-Ko” qo‘shma korxonasi oldida olayotganlarida DXX hamda IJQK departamenti Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan xamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan.

Shuningdek, shu kuni O.Abdujalilovning ixtiyoriy roziligiga ko‘ra davom ettirilgan tezkor tadbirda, viloyat hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi xo‘jalik mudiri-kassir vazifasida ishlab kelgan U.Soliyev jabrlanuvchi I.Dadaxodjayevdan Xo‘jaobod tuman hokimiyati mansabdor shaxslari orqali tuman hududidan chorvachilik fermer xo‘jaligi tashkil qilish uchun yer maydoni ajratib, hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga pora berishga dalolat qilib, firibgarlik yo‘li bilan talab qilingan 135 000 AQSh dollari miqdoridagi pullardan o‘ziga tegishli 70 000 AQSh dollarini jinoiy sherigi O.Abdujalilovdan Andijon shahar, Pushkin ko‘chasida joylashgan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining avtoturargohida olgan vaqtida DXX hamda IJQK departamenti Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.

Yuqoridagi qayd etilgan jinoiy harakatlar uchun O.Abdujalilov Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, unga 3 yil mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil 6 oy, Abdulhamid Usvaliyev Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, unga 10 yil 2 oy, Abdurahmon Usvaliyev Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, unga 10 yil 2 oy, U.Soliyev Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, unga 3 yil mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi”.

Kiritildi: 18:27 04.06.2021. O'qildi: 2243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!