Umrzaqov Ilyosbek Urinboy o‘g‘li Marhamat tumani hokimi etib tayinlandi.
Umrzaqov Ilyosbek Urinboy o‘g‘li 1988 yilda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan.
U 2011 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali (kunduzgi), 2022 yilda Toshkent moliya institutini (sirtqi) tamomlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Andijon viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari sifatida faoliyat olib borgan.