Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Halokatga uchragan Rossiya samolyotining barcha ekipaj a’zolari halok bo‘ldi

Halokatga uchragan Rossiya samolyotining barcha ekipaj a’zolari halok bo‘ldi

Rossiyaning Ivanovo viloyatida halokatga uchragan Antonov An-22 "Antey" samolyotining barcha ekipaj a’zolari halok bo‘ldi.

Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lum qildi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi harbiy tergov organlari voqea yuzasidan jinoiy ish ochgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy ish parvozga tayyorgarlik ko‘rish qoidalarini buzganlik uchun ochilgan.

Fojia 2025 yil 9 dekabrda sinov parvozi vaqtida yuz bergan. Antonov An-22 samolyoti Ivanovo viloyatining Ivankovo qishlog‘i yaqinida qulab tushdi. Bortda faqat ekipaj a’zolari bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 07:45. O'qildi: 834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!