Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Andijon viloyatida noqonuniy “mayning ferma” tashkil etgan shaxs aniqlandi

Andijon viloyatida noqonuniy “mayning ferma” tashkil etgan shaxs aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.R. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “Shirmonbuloq” MFY hududidagi xonadonida yashirin ravishda 5 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, jami 157,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 278-9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:00 14.08.2025. O'qildi: 943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!