❌Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida o‘zining yashash xonadonida narkolaboratoriya tashkil qilgan Andijon shahrida istiqomat qiluvchi, 1987 y.t. fuqaro qo‘lga olindi.
💉Narkotik moddalar tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan mazkur shaxsning uyidan “gashish” moddasi, kristal ko‘rinishidagi sintetik giyohvandlik vositasi, “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari, ajal og‘usini tayyorlashda kerak bo‘ladigan xom-ashyolar, maxsus idishlar, qadoqlashda foydalaniladigan zip paketlar, 4 ta telefon va 1 ta noutbuk ashyoviy dalil sifatida olindi.
💻Shuningdek, mazkur noutbukda mijozlarga sintetik giyohvand moddalarni sotish va lokasiya tashlab berish uchun gumonlanuvchi tomonidan boshqarilgan 3 ta “Telegram bot” hamda uy sharoitida narkolaboratoriya tashkil qilish bilan bog‘liq video va rasm ko‘rinishidagi qo‘llanmalar (slaydlar) mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
⚖️Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi hamda ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborildi.
🕵️♂️Tergov harakatlari doirasida uning jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.